Foydalanuvchi kelishuvi va Maxfiylik siyosati

Ushbu veb-saytda, shuningdek, “Bilimlar bellashuvi” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish orqali Foydalanuvchi “Foydalanuvchi kelishuvi va Maxfiylik siyosati”ning (keyingi o‘rinlarda “Foydalanuvchi kelishuvi”) amaldagi versiyasini, shu jumladan, keyingi barcha nashrlarini qabul qiladi va unga qat‘iy rioya etish majburiyatini oladi.

1. Asosiy tushunchalar

“Bilimlar bellashuvi” - intellektual o‘yin (keyingi o‘rinlarda “O‘yin”), unda foydalanuvchilarga veb-versiyasida, hamda mobil ilovadan foydalangan holda onlayn tarzda bir-biri bilan raqobatlashish imkoniyati beriladi.

Onlayn o‘yin – Internetga doimiy ulanishdan foydalanadigan kompyuter yoki mobil o‘yin.

Foydalanuvchi – belgilangan tartibda avtorizatsiyadan o‘tgan, Foydalanuvchi kelishuvi va O‘yin qoidalari shartlarini qabul qilgan O‘yin foydalanuvchisi.

Ma‘muriyat – O‘yinni ishlab chiquvchi va egasining vakili bo‘lib, saytning ishlashi va foydalanuvchilar tomonidan ushbu Foydalanuvchi kelishuvi va O‘yin qoidalari shartlariga rioya etilishi uchun javobgardir.

O‘yin qoidalari – oyinni yaratish, ishtirok etish jarayoni hamda gʻolib va magʻlubni aniqlash tartibini belgilovchi oyin veb-saytida joylashtirilgan elektron hujjat.

Shaxsiy ma‘lumotlar – O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma‘lumotlar”i to‘g‘risidagi Qonuniga muvofiq, – muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.

Qayd yozuvi - foydalanuvchi to‘g‘risidagi kompyuter tizimida saqlanadigan, uni identifikatsiya qilish va uning shaxsiy ma‘lumotlari va sozlamalariga kirishni ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlar to‘plami.

2. Foydalanuvchi kelishuvining holati

2.1. Ushbu Foydalanuvchi kelishuvi Maʻmuriyat va Foydalanuvchi oʻrtasida tuziladi hamda Oʻyindan foydalanishda Maʻmuriyat va Foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini tartibga soladi. Foydalanuvchi kelishuvi foydalanuvchi O‘yinga kirgandan so‘ng amal qila boshlaydi.

2.2. Umumiy hujjat bo‘lgan Foydalanuvchi kelishuvining joriy versiyasi Maʻmuriyat tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, “Foydalanuvchi kelishuvi va Maxfiylik siyosati“ (URL) havolasini bosish orqali har qanday Internet foydalanuvchisi foydalanishi mumkin. Maʻmuriyat ushbu Foydalanuvchi kelishuviga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.

2.3. Ushbu Foydalanuvchi kelishuvi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Foydalanuvchi tomonidan O‘yinning saytida, shuningdek iOS va Android platformalarida mavjud bulgan “Bilimlar bellashuvi” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tishi Foydalanuvchining ushbu Foydalanuvchi kelishuvi ni to‘liq va so‘zsiz qabul qilganligini anglatadi. Ushbu Foydalanuvchi kelishuvi qoidalari hech qanday istisnosiz faqat bir butun sifatida qabul qilinishi mumkin.

3. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

3.1. Foydalanuvchi ushbu Foydalanuvchi kelishuvi bilan tanishishi shart. Agar Foydalanuvchi ushbu hujjatlar qoidalariga rozi boʻlmasa Oʻyinda ishtirok etishdan bosh tortishi shart.

3.2. Oʻyinga toʻliq kirish, jumladan Foydalanuvchi profilini yaratish, oʻyin uchun raqibni qidirish, raqibni oʻyinga chaqirish faqat avtorizatsiyadan soʻng roʻyxatdan oʻtgan Foydalanuvchi uchun mumkin. Oʻyinda roʻyxatdan oʻtish quyidagi yoʻllar bilan mumkin: mobil telefon raqami yoki uMail.uz elektron pochta manzili yordamida, shuningdek, Facebook va Gmail akkauntlari yordamida. Foydalanuvchining oʻzi oʻzi uchun qulay boʻlgan roʻyxatga olish usulini tanlaydi.

3.3. Foydalanuvchi oʻz nomi bilan ham, taxallus ostida ham roʻyxatdan oʻtishi mumkin. Toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita taniqli shaxslar bilan bogʻliq profillarni yaratish yoki foydalanuvchilarni taxalluslar bilan chalgʻitish taqiqlanadi.

3.4. Ikki yoki undan ortiq shaxslarning oldindan kelishilgan holda, shu jumladan bitta Foydalanuvchining ikkita brauzer yoki qurilmadan, shuningdek bir vaqtning oʻzida bir nechta akkauntlardan oʻynash taqiqlanadi. Qasddan magʻlubiyat, har qanday yoʻl bilan reytingni oshirish ham oldindan tuzilgan oʻyin sifatida qabul qilinadi. Maʻmuriyat, agar oʻyin ushbu Foydalanuvchi kelishuvi qoidalariga zid ravishta yoki uchinchi tomon dasturlari yordamida oʻynalgan deb hisoblasa, tugallangan oʻyinlarni bekor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Oʻyinga kirish orqali Foydalanuvchi Oʻyin qoidalariga rozi boʻladi va ularga qatʻiy rioya qilish majburiyatini oladi.

3.5. Avatar sifatida mualliflik huquqini buzuvchi, siyosiy yoʻnalishga ega, diniy mavzudagi, reklama, shuningdek, zo‘ravonlikni, barcha turdagi giyohvand moddalarni va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish, olib kirish va tarqatish taqiqlangan moddalarni, alkogolli ichimliklarni va tamaki mahsulotlarini, haqoratomuz so‘zlar, yalang‘och tasvirlar yoki tana aʻzolarini targʻib qiluvchi va boshqa Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini buzuvchi rasmlar, fotosuratlar, kulgichlar taqiqlanadi.

3.6. Foydalanuvchining ismini (taxallusini) yaratishda soʻkinish, haqorat, uchinchi tomon resursi yoki boshqa reklama turlarini bevosita yoki bilvosita koʻrsatadigan, siyosiy va diniy xarakterdagi maʻlumotlardan foydalanish taqiqlanadi. Talaffuz qilib boʻlmaydigan tasodifiy harflar toʻplamidan (fludo-niklar) iborat oʻyin taxalluslarini yaratish taqiqlanadi.

3.7. Foydalanuvchiga Oʻyin tizimi bilan oʻzaro aloqa qilish imkonini beruvchi har qanday avtomatik skriptlardan (dasturiy taʻminot stsenariylari) yoki boshqa vositalardan foydalanish taqiqlanadi. Oʻyinning normal ishlashini buzishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish va zararli komponentlarni (“viruslar”) oʻz ichiga olgan maxsus dasturlardan foydalanish taqiqlanadi.

3.8. Foydalanuvchining xatti-harakatlari fuqarolarning, O‘yin foydalanuvchilarining konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan shaxsiy daxlsizlik, shaxsiy va oilaviy sirlar, shaʻni va yaxshi nomga oid huquqlarini buzmasligi kerak.

3.9. Maʻmuriyat istalgan vaqtda Oʻyinning funksionalligiga, interfeysiga va/yoki mazmuniga foydalanuvchilarni xabardor qilgan holda yoki ogohlantirmasdan oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.

3.10. Maʻmuriyat xizmatni texnik qoʻllab-quvvatlashi va Oʻyin davomida yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha Foydalanuvchilar murojaat qilishi uchun oddiy aloqa usulini taqdim etishi shart. Xususan, O‘yin veb-saytida va “Bilimlar bellashuvi” mobil ilovasida Maʻmuriyat bilan qayta aloqa shakli mavjud.

4. Shaxsiy maʻlumotlar

4.1. Foydalanuvchi yopiq boʻlmagan yoki cheklanmagan Foydalanuvchining Shaxsiy maʻlumotlari (uning istalgan qismi) hamma uchun ochiq deb hisoblanishiga va uning maxfiylik rejimiga rioya qilishni talab qilmasligiga rozilik beradi. Maʻmuriyat har qanday foydalanuvchi maʻlumotlarini bu haqda ogohlantirmasdan oʻzgartirish va koʻrish huquqiga ega.

4.2. Shaxsiy maʻlumotlarni (jumladan, mobil telefon raqami va/yoki elektron pochta manzilini) oʻz profiliga joylashtirish orqali Foydalanuvchi buni ixtiyoriy ravishda amalga oshirayotganini, shuningdek, oʻzining shaxsiy maʻlumotlaridan Oʻyin xabarnomalarini yuborish maqsadida foydalanishga roziligini tasdiqlaydi.

4.3. Sayt Maʻmuriyati foydalanuvchi parolni yoʻqotib qoʻygan yoki bu maʻlumotni bila turib oshkor qilgan taqdirda uchinchi shaxslarning Qayd yozuviga ruxsatsiz kirishi uchun javobgar emas. Foydalanuvchi oʻz login va parolining xavfsizligi uchun mustaqil javobgar boʻladi va ularni uchinchi shaxslarga oʻtkazish yoki taqdim etishga haqli emas. Oʻyinda Foydalanuvchiga tegishli foydalanuvchi nomi va paroldan foydalangan holda bajarilgan barcha harakatlar Foydalanuvchi tomonidan bajarilgan hisoblanadi.

4.4. Foydalanuvchi oʻzi tomonidan taqdim etilgan Shaxsiy maʻlumotlarni yoki uning biron bir qismini istalgan vaqtda oʻzgartirishi (yangilashi, toʻldirishi) mumkin. Foydalanuvchi oʻz profil sahifasidagi “Profilni oʻchirish” funksiyasidan foydalangan holda taqdim etgan shaxsiy maʻlumotlarini oʻchirib tashlashi mumkin.

5. Kafolatlar va javobgarlik

5.1. Maʻmuriyat kechayu-kunduz Oʻyinning toʻgʻri ishlashini taʻminlashga harakat qiladi, biroq, agar biron-bir sababga koʻra Oʻyinning ishlashida biron bir uzilish yuzaga kelsa, Maʻmuriyat hech qanday javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi.

5.2. Maʻmuriyat Oʻyin foydalanishning aniq maqsadlari uchun mos boʻlishi mumkinligiga kafolat bermaydi. Foydalanuvchi oʻyindan foydalanish natijasi foydalanuvchi kutganiga mos kelmasligi mumkinligini tan oladi va rozilik beradi.

5.3. Maʻmuriyat hech qanday holatda Oʻyindan foydalanish yoki undan foydalanish mumkin emasligi bilan bogʻliq boʻlgan bilvosita, tasodifiy, qasddan boʻlmagan zarar (jumladan, yoʻqotilgan foyda, maʻlumotlarning yoʻqolishi natijasida etkazilgan zarar) uchun javobgar boʻlmaydi, jumladan Oʻyin xizmatidan foydalanishdagi nosozlik yoki boshqa uzilishlar holatida, hatto maʻmuriyat bunday zarar ehtimoli haqida ogohlantirgan yoki koʻrsatgan yoki buni qilmagan boʻlsa ham.

5.4. Foydalanuvchi Oʻyindan foydalanishdagi harakatlari, shu jumladan shaxsiy maʻlumotlarini joylashtirish bilan bogʻliq xatti-harakatlari uchun faqat oʻzi javobgar boʻladi.

6. Yakuniy qoidalar

6.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda xizmatlarni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega.

6.2. Maʻmuriyat Oʻyinni istalgan vaqtda, Foydalanuvchilarni xabardor qilgan holda yoki ogohlantirmasdan toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish huquqiga ega.

6.3. Ushbu Foydalanuvchi kelishuvi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tartibga solinadi va talqin qilinadi. Foydalanuvchi kelishuvi bilan tartibga solinmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.

6.4. Agar u yoki boshqa sabablarga koʻra ushbu Foydalanuvchi kelishuvining bir yoki bir nechta qoidalari haqiqiy emas yoki yuridik kuchga ega emas deb topilsa, bu qolgan qoidalarning haqiqiyligi yoki bajarilishiga taʻsir qilmaydi.

6.5. Agar Foydalanuvchi ushbu Foydalanuvchi kelishuvining shartlarini buzsa, Maʻmuriyat hech qanday sababini tushuntirmasdan Foydalanuvchining profilini bloklash va/yoki oʻchirish, Oʻyinning barcha yoki baʻzi funksiyalariga kirishni cheklash va Foydalanuvchi maʻlumotlarini oʻchirish huquqiga ega.